Hujjatlar
Ma’lumotni o‘chirish
Oxirgi yangilanish: 12-oktabr 2026
Buyuk Karavan MChJ sizdan olingan shaxsiy ma’lumotlarni (sayt formasi, Madina AI chat, Instagram komment va Direct xabarlari, telefon raqami) so‘rovingiz bo‘yicha o‘chiradi. Qanday ma’lumot yig‘ilishi — Maxfiylik siyosatida.
1-usul. Telegram yoki telefon orqali
- +998 91 637 77 77 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki shu raqamga Telegram’da yozing.
- Ma’lumotni topishimiz uchun ayting: ismingiz, telefon raqamingiz va/yoki Instagram username’ingiz.
- So‘rov qabul qilinganini tasdiqlaymiz va 30 kun ichida ma’lumotni o‘chiramiz, natijasini sizga xabar qilamiz.
2-usul. Instagram orqali
- Instagram ilovasida: Profil → ☰ → Sozlamalar va faollik → Ilovalar va saytlar (rus tilida: «Приложения и сайты»).
- Ro‘yxatdan bizning ilovamizni tanlang va O‘chirish tugmasini bosing; ma’lumotni o‘chirish so‘rovini tasdiqlang.
- Instagram so‘rovni bizga avtomatik yuboradi: kommentlaringiz va Direct xabarlaringiz yozuvlari o‘chiriladi, ular asosida ochilgan lidlar anonimlashtiriladi (ism, telefon, izohlar olib tashlanadi). Instagram sizga tasdiqlash kodini beradi — holatni pastda tekshirishingiz mumkin.
Nima o‘chiriladi
- Instagram komment va Direct xabarlari yozuvlari, suhbat tarixi — to‘liq o‘chiriladi.
- Lid (murojaat) yozuvlari — ism, telefon, Telegram, chat va izohlar olib tashlanadi; faqat shaxssiz statistika qoladi (sana, mahsulot, holat).
- Qonun bo‘yicha saqlanishi shart bo‘lgan hujjatlar (masalan, sotuv hujjatlari) — qonundagi muddat tugaguncha saqlanadi.
Barcha so‘rovlar 30 kun ichida bajariladi.