Namanganda meva va sabzavotlarni saqlash uchun 8 ta 100 tonnalik, jami 800 tonna sig‘imli sovutish majmuasini qurib bitkazmoqdamiz. Kameralarda 0°C dan +2°C gacha barqaror harorat ta’minlanadi.

Namangan shahrida meva va sabzavotlarni sifatli va uzoq muddat saqlash uchun yirik sanoat sovutish majmuasini qurib bitkazmoqdamiz. Loyiha 8 ta alohida sovutish kamerasidan iborat bo‘lib, har bir kamera 100 tonna, umumiy majmua esa 800 tonna mahsulot saqlashga mo‘ljallangan. Sovutish kameralarida 0°C dan +2°C gacha barqaror harorat saqlanadi. Bu rejim meva va sabzavotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Loyihaning muhim jihatlaridan biri — sovutish majmuasi eski cho‘yan zavodi binosini rekonstruksiya qilish orqali bino ichiga joylashtirilgan. Mavjud bino kameralarni quyosh nuri va tashqi issiqlikning bevosita ta’siridan qo‘shimcha himoya qiladi. Shu sababli mijozga kameralar ustidan alohida naves qurish talab etilmaydi. Mavjud binoning himoyasi va sovutish kameralarining kuchli issiqlik izolyatsiyasi tashqaridan kiradigan issiqlik yuklamasini kamaytiradi. Natijada sovutish tizimi belgilangan haroratni ushlab turish uchun kamroq yuklama bilan ishlashi va elektr energiyasidan samaraliroq foydalanishi mumkin. BUYUK KARAVAN loyihani hisob-kitob qilishdan boshlab, sovutish kameralarini qurish, uskunalarni o‘rnatish va tizimni ishga tushirishgacha kompleks tarzda amalga oshiradi.







Mutaxassislarimiz talablaringizga mos sovutish yechimini hisoblab beradi.
Maslahat olish